Xonqa tuman 14-son DMTT
Xonqa tuman 14-son DMTT.MTT bilan tuzilgan shartnomada ota-onalarning huquq va majburiyatlari.
-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-onasi
(qonuniy vakili) o’rtasidagi
SHARTNOMA
Xonqa tumani (shahar) maktabgacha taʼlim boʼlimi taʼsarrufidagi -sonli umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti (keyingi oʼrinlarda DMTT deb yuritiladi) nomidan ustav asosida faoliyat yurituvchi rahbari _____________________________________
(F.I.Sh)
bir tarafdan va tarbiyalanuvchi ___________________________________
(F.I.Sh. va bolaning tugʼilgan yili)
(keyingi oʼrinlarda tarbiyalanuvchi deb yuritiladi) ota onasi (qonuniy vakili)
_____________________________________________________-
(bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakilining F.I.Sh)
(keyingi oʼrinlarda qonuniy vakil deb yuritiladi) ikkinchi tarafdan mazkur shartnomani quyidagi mazmunda tuzdilar:
I. Shartnoma predmeti
1.DMTT mazkur shartnoma shartlariga asosan tarbiyalanuvchining barcha huquqlarini taʼminlagan holda unga sifatli taʼlim–tarbiya berish, sogʼliqni muhofaza qilish va mustahkamlash, intellektual, ahloqiy, maʼnaviy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib berish majburiyatini, qonuniy vakil esa tarbiyalanuvchini DMTTdagi tegishli guruh tarbiyachisiga topshirish, tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun ota-onalarning toʼlovini oʼz vaqtida amalga oshirish va DMTTning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi. Tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash vaqti soatini tashkil qildi.
2.DMTTda bolalarni saqlash uchun toʼlanadigan tushumlar boshqa byudjet mablagʼlari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan taʼminlash hamda DMTTning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, avvalambor, sanitariya-gigiena vositalari va boshqa inventarlar xarid qilishga yoʼnaltiriladi.
Bunda DMTTning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga yoʼnaltiriladigan mablagʼlar miqdori jami yil davomida ota-onalar toʼlovidan tushgan mablagʼlarning 5 foizidan oshmasligi lozim.
II. DMTTning huquqlari va majburiyatlari
3.DMTT quyidagi huquqlarga ega:
DMTT xodimlarining huquq va qonuniy manfatlarini hamda qadr-qimmatini himoya qilish;
Vazirlik tomonidan “Ilk qadam” Davlat dasturi asosida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʼyiladigan davlat talablariga muvofiq oʼz oʼquv dasturini ishlab chiqarish;
tarbiyalanuvchini oila muhitida tarbiyalash boʼyicha tegishli takliflar berish, uning qonuniy vakillari bilan oʼzaro hamkorlik qilish;
bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan kelishuv asosidagi toʼlov evaziga maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturidan tashqari qoʼshimcha taʼlim xizmatlari koʼrsatish, dam olish kunlari yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish;
Maktabgacha taʼlim tizmini rivojlantirish boʼyicha innavatsion faoliyatida ishtirok etish;
DMTT Ustavida belgilangan tartibda qonuniy vakilning istagi va tarbiyalanuvchining yoshingi inobatga olib, ularni guruhlarga taqsimlash;
tarbiyalanuvchi kasal boʼlganda yoki tibbiy koʼrikda uning kassaligi aniqlanganda, DMTT tibbiyot xodimi tomonidan kunlik filьtratsiyadan oʼtkazilganida tarbiyalanuvchining sogʼligʼi boʼyicha DMTTda boʼlishini taqiqlovchi hollar yuz berganida uni vaqtincha DMTTga qabul qilishni rad etish;
qonuniy vakil tomonidan shartnoma bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi, shu jumladan toʼlovni shartnomada belgilangan miqdorda hamda mazkur shartnomaning 9-bandida koʼrsatilgan muddat oʼtgach ikki hafta mobaynida uzurli sabablarsiz toʼlanmagan taqdirda qonuniy vakil bilan tuzilgan shartnomaning amal qilinishini toʼxtatish va tarbiyalanuvchini DMTTga kelishini cheklash;
qonuniy vakilning tegishli ruhsatisiz tarbiyalanuvchini boshqa shaxslarga berib yuborishni rad qilish.
DMTT qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlish mumkin.
4.DMTTning majburiyatlari:
bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʼyicha davlat hizmatlari koʼrsatishning Maʼmuriy reglamentlariga muvofiq berilgan yoʼllanmalar asosida tarbiyalanuvchi DMTTga qabul qilish;
bolaning DMTTda boʼlishi vaqtida uning sogʼligʼi va hayotini asrash xamda har tomonlama rivojlanishi, tarbilanishi va taʼlim olish bilan bogʼliq zarur va xavfsiz sharoitlarni yaratish;
bolalarda Vatanga muhabbat tuygʼusini, oilaga, oʼz halqining milliy, tarihiy, madaniy qadiriyatlarga hurmat bilan munosabatda boʼlishni, atrof-muxitga ehtiyotkor munosabatni shakillantirish;
tarbiyalanuvchining jismoniy, ruhiy va aqliy rivojlanishini taʼminlash, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
har bir bolaga uning oʼz qobiliyatlariga qarab individual yondoshishni taʼminlash, bola huquqlari toʼgʼrisidagi qonun xujjatlariga rioya qilish;
nizolarni hal qilishda avvalambor bolaning manfatlariga asoslanish;
bolaning qonuniy vakiliga hurmat bilan munosabatda boʼlish;
DMTT Kuzatuv kengashining toʼliq faoliyat olib borishini taʼminlash;
oʼquv taʼlim-tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʼyiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va sogʼligʼiga doir hususiyatlarini hisobga olib, maktabgacha taʼlimning tegishli sifat, daraja va xajmga muvofiqligini taʼminlash;
DMTT pedagog kadrlari tomonidan obod-axloq qoidalariga qatʼiy rioya qilinishini hamda bolaning va uning qonuniy vakilining huquq va shaʼni, qadr-qimmatini xurmat qilinishini taʼminlash;
maktabgacha taʼlim sifatli taʼminlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga koʼmaklashish;
tarbiyalanuvchiga birinchi tibbiy tez xizmat koʼrsatishni tashkil etish, davolovchi-profilaktik tadbirlarni oʼtkazish (reja asosida profilaktik emlash, yillik tibbiy koʼrik oʼtkazilishini tashkil qilish va boshqalar);
bolani sanitar-gigiena talablariga muofiq qoʼl va yuzlarini dizenfiktsiyalovchi vositalar bilan yuvish;
belgilangan sanitariya qoidalari, normalar va gigiena normativlariga muvofiq xavfsiz, sifatli va sogʼlom ovqatlanishni tashkil qilish va taʼminlash;
qonuniy vakildan yoki tegishli ruxsati boʼlgan shaxslardan tarbiyalanuvchini qabul qilish va unga topshirish;
tarbiyalanuvchiga tegishli narsa va buyumlarni toʼlaligicha saqlash;
qonuniy vakilga DMTT faoliyatiga doir maʼlumotlarni taqdim qilish (DMTT ustavi, kun tartibi, taʼlim-tarbiya dasturlari va uslublari);
DMTTda oʼzgartirilgan tartib va boshqa holatlar haqida oʼz vaqtida xabardor qilish;
DMTTning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham boʼlishi mumkin;
DMTTda tarbiyalanuvchi extiyoji va turli maqsadlarni vaj qilib qonuniy vakildan majburiy tarzda pul yigʼish yoki moddiy qimmatliklar olib kelishni talab qilish taqiqlanadi;
III. Qonuniy vakilning huquqlari va majburiyatlari
5. Qonuniy vakil quyidagi huquqlaraga ega:
tarbiyalanuvchining huquq va qonuniy manfatlarini himoya qilish;
DMTTning ustavi bilan tanishish;
DMTTning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, koʼriklar, koʼngilochar soatlar, mashgʼulotlar va x.k), mavsumiy cheklov (karantin) va havfsizlik choralari kuchaytirilgan davrdan tashqari;
DMTT faoliyatini takomillashtirish boʼyicha takliflar kiritish;
DMTT Kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash va uning aʼzosi boʼlib saylanish;
DMTTda tarbiyalanuvchi taʼlim-tarbiya berish uchun zarur sharoitlar yaratilishini va uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʼlish, bolaga sifatli taʼlim-tarbiya berishni talab qilish;
oʼziga qulay boʼlgan vaqtda sababi koʼrsatilgan holda yozma bildirgi asosida tarbiyalanuvchini DMTTdan olib ketish;
DMTT rahbariyatini 7 kun oldin habardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish;
qonuniy vakil qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xuquqlarga ham ega boʼlishi mumkin;
6. Qonuniy vakilning majburiyatlari:
mazkur shartnoma talablariga qatʼiy rioya qilish;
ota-ona toʼlovini oʼz vaqtida amalga oshirish;
xodimlar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda tarbiyalanuvchilar ishtirokisiz zudlik bilan DMTT rahbariyati va Kuzatuv kengashi bilan muammoni hal qilish;
DMTTga joylashtirish uchun tarbiyalanuvchining sogʼligʼi xaqidagi tibbiy hulosa va qonuniy vakil xaqidagi maʼlumotlarni (telefon raqamlari, yashash va ish joyi xaqida maʼlumotnomalar) taqdim etish;
tarbiyalanuvchi betob boʼlganda, zudlik bilan DMTT maʼmuriyati va tibbiyot xodimiga xabar berish va tarbiyalanuvchi sogʼayganidan soʼng tibbiy maʼlumotnomani taqdim etish;
tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun ota-onalar toʼlovi amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatni DMTTga taqdim etish;
tarbiyalanuvchi DMTTga vaqtincha kelmagan kunlari uchun DMTT rahbariyatiga ariza taqdim etish;
DMTTning barcha xodimlariga, boshqa tarbiyalanuvchilar va ularning qonuniy vakillariga nisbatan xurmat bilan munosabatda boʼlish;
tarbiyalanuvchining toʼlaqonli ovqatlanishini kuzatib borish, uni DMTTga toza va ozoda kiyingan holda olib kelish;
tarbiyalanuvchining tugʼilgan kuni va boshqa tadbirlarini nishonlash uchun oziq-ovqat maxsulotlari va pishiriqlarni DMTTga olib kirilmaslik;
DMTT ga tarbiyalanuvchini xar qanday qimmatbaxo taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik, ushbu hollarda DMTT maʼmuriyati ularning saqlanishiga javobgar boʼlmaydi;
yashash joyi yoki telefon raqamlari oʼzgargan taqdirda DMTTning tegishli guruh tarbiyachisiga va rahbariyatiga bu xaqida habar berish;
bolani DMTTdan olib ketishni voyaga yetmagan yoki begona shaxslarga topshirmaslik;
ertalab bolani DMTTga olib kelishda barcha dizenfiktsiyalovchi vositalar bilan taʼminlab berish;
ertalab bolada kassalik holatlari kuzatilgan taqdirda DMTTga olib bormaslik, bolani shifokor koʼrigidan oʼtkazish;
qonuniy vakilning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari xam boʼlishi mumkin.
IV. TOʼLOV TАRTIBI
7. Tarbiyalanuvchining DMTTda boʼlgan davri uchun bir oylik toʼlovi 67 500 soʼm.
Аgarda qonuniy vakilning 2 nafar va undan ortiq bolalari DMTT ga qatnashgan taqdirda toʼlovlar 53900 soʼmni tashkil etadi.
Bunda: bir oilada bir nafardan ortiq bolalar turli DMTTlarga qatnasa, qonuniy vakil tegishli ravishda bir DMTT dan boshqasiga farzandlarining boshqa DMTTga qatnashi toʼgʼrisidagi maʼlumotnomani xamda oila aʼzolari xaqidagi fuqorolarning oʼzini-oʼzi boshqarish orgnlarining maʼlumotnomasini taqdim etishlari lozim.
8. DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona toʼlovi miqdori qonun hujjatlariga muvofiq oʼzgargan taqdirda bu xaqida DMTT maʼmuriyati tomonidan qonuniy vakilga maʼlum qilinadi xamda shartnomaga qoʼshimcha kelishuv tuziladi.
9. DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona toʼlovi xar oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan toʼlanadi. Oyning 15-sanasidan kegin kelgan bolalarni saqlash uchun toʼlovlar esa bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida toʼlanadi. Bunda toʼlovlar bolaning shu oyda DMTTga qatnaydigan kunlarga mutonosib ravishda toʼlanadi.
10. Bolaning yoki oila aʼzolarining kassaligi, karantin holatida boʼlganligi tufayli, shuningdek qonuniy vakil ishdan (oʼqishdan) boʼsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʼra bola DMTTga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun toʼlangan toʼlovlar keyingi toʼlovlarni amalga oshirishda xisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlar soni bir kunlik toʼlov miqdoriga koʼpaytirilib, keyingi toʼlov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Аgar bolaning kelmagan kunlari uchun toʼlov xali amalga oshirilmagan boʼlsa, toʼlanishi lozim boʼlgan toʼlov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan toʼlov summasiga kamaytiriladi.
Bolaning yoki uning oila aʼzolarining kassaligi, karantin xolatida boʼlganligi tufayli bolaning DMTTga kelmaganligi tegishli davolanish profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Tarbiyalanuvchi DMTTga kelmasligi qonuniy vakilning uzrli sababi koʼrsatilgan xolda DMTT rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi tarbiyalanuvchining joyi toʼlovsiz saqlanib turishiga asos boʼlib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda koʼpi bilan 60 kundan ortiq boʼlmagan muddatgacha DMTTga kelmasligiga ruxsat beriladi.
Bolaning unda qolgan boshqa barcha xolatlarda qonuniy vakil tomonidan toʼlovlar umumiy asoslarda toʼlanadi.
11. Ota-ona toʼlovi ikki xafta davomida oʼz vaqtida toʼlamaganlik uchun oyning 15 kunidan boshlab qonuniy vakil DMTTga oʼtkazib yuborilgan xar bir kun uchun kechiktirilgan toʼlov summasini 0,4 % miqdorida, ammo kechiktirilgan toʼlov summasining 50 % dan ortiq boʼlmagan miqdorida foiz toʼlaydi.
Tarbiyalanuvchi uchun ikki oy mobaynida uzrli sabablarsiz ota-ona toʼlovi toʼlanmagan taqdirda, shartnoma bekor qilinib, tarbiyalanuvchi DMTTdan chetlashtiriladi.
12. Qarzdorlik kelib chiqqan kundan boshlab 60 kalendarь kuni mobaynida tarbiyalanuvchining DMTTda saqlash uchun mavjud boʼlgan qarzdorlik qoplanganda, tarbiyalanuvchi ushbu DMTTga tiklanadi. Koʼrsatilgan mudddat oʼtib ketgan xollarda, DMTTga bolani qabul qilish umumiy asoslarga koʼra amalga oshriladi.
Tarbiyalanuvchinig DMTTga qatnashi vaqtincha yoki butunlay toʼxtatilishi toʼgʼrisida qonuniy vakilning yozma arizasi boʼlmagan xollarda ota-ona toʼlovi toʼliq oy uchun xisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
Oʼtgan oy ota-ona toʼlovining qolgan qismi toʼlangandan soʼng tarbiyalanuvchining DMTTga qatnashiga yoʼl qoʼyiladi.
Qonuniy vakilning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning DMTTga qatnashi butunlay toʼxtatilgan taqdirda, toʼlov toʼliq boʼlmagan oy uchun, yaʼni tarbiyalanuvchi amalda DMTTga qatnagan kunlar uchun toʼlanadi.
V. TАRАFLАRNING JАVOBGАRLIGI
13. Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda, ular Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʼladilar.
VI. SHАRTNOMАNI OʼZGАRTIRISH VА BEKOR QILISH
14. Taraflar shartnomani oʼzgartirish va bekor qilishni mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollarda va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirish mumkin.
15. Shartnoma bajarilishining bir taraflama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir taraflama oʼzgartirishga faqat qonun xujjatlariga muvofiq yoʼl qoʼyiladi.
VII. NIZOLАRNI HАL QILISh TАRTIBI
16. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʼlgan holda ikki nushada tuzilib, taraflar tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kirgan xisoblanadi.
17. Mazkur shartnomaga kiritilgan barcha qoʼshimcha va oʼzgartirishlar yozma ravishda tuzilib, taraflar imzolagan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
18. Ushbu shartnoma boʼyicha nizolar kelib chiqqan taqdirda, taraflar qoidaga koʼra ularni sudgacha hal etish choralarini koʼradilar.
19. Taraflar oʼrtasida oʼzaro hal qilinmagan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida hal qilinadi.
20. Mazkur shartnomada koʼzda tutilmagan holatlar amadagi qonun hujjatlarida oʼrnatilmagan tartibda hal etiladi.
VIII. FORS-MАJOR HOLАTLАRI
21. Taraflar shartnomani fors-major holatlari, yaʼni yengib boʼlmaydigan kuch, favqulotda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʼlmaydigan vaziyatlar tufayli majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa, javobgar boʼlmaydilar.
22. Sodir boʼlgan fors-major holatlari toʼgʼrisida taraflar bir birlarini zudllik bilan yozma yoki ogʼzaki tartibda xabardor qilishi shart.
23. Mazkur shartnoma boʼyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʼlmaydigan kun xolatlarini davomiyligini xisobga olib shartnomani amal qilish muddatini uzaytirishlari mumkin.
IX. YAKUNIY QOIDАLАR
24. Mazkur shartnoma imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi va 2026-yilning 30 avgust kuniga qadar amal qilinadi.
25. Mazkur shartnoma oʼzbek tilida bir xil yuridik kuchga ega boʼlgan holda ikki nusxada tuzildi, bir nusxasi DMTTda, ikkinchi nusxasi qonuniy vakilda saqlanadi.
TАRАFLАRNING YuRIDIK MАNZILI VА REKVIZITLАRI
-sonli davlat maktabgacha tashkiloti Yuridik manzili: Bank rekvizitlari: (imzo) | Qonuniy vakil(ota-ona) Yashash manzili: Pasport ma'lumotlar ЖШТР ___________________________ ________________________
(imzo) |
